Tanqidiy fikrlash va muammoni yechish: 2-bosqich masalalari
Yangilangan: 7-oktabr, 2026
Bu bosqich darslikdagi formulani emas, fikrlashni tekshiradi: ma’lumotni o’qish, taqqoslash, qonuniyatni topish va xulosa chiqarish. Masalalar matematik, lekin yechim ko’pincha hisob emas, mulohaza.
Test qanday?
- 40 ta topshiriq, 2025-yilgi e’lonlarda — 90 daqiqa.
- Matematika doirasida, lekin ko’pi matnli yoki rasmli: jadval, diagramma, figuralar.
- Javob — variant tanlash; yechim yozilmaydi, lekin qoralama kerak bo’ladi.
- Ingliz tili bilan bir kunda, 2-bosqichning birinchi qismi.
Masala turlari
- Qonuniyat: sonlar yoki figuralar ketma-ketligida keyingisini topish.
- Mantiqiy jadval: «kim qaysi rangda», «kim qayerda o’tiradi» — bir nechta shart bo’yicha xulosa.
- Jadval va diagramma o’qish: ustun diagrammasi, jadvaldan eng katta/kichikni topish, farqni hisoblash.
- Taqqoslash va tarozi: bir narsa boshqasidan necha marta og’ir, teng og’irlik.
- Sanash va kombinatsiya: necha xil usul, nechta juftlik.
- Fazoviy tasavvur: kub yoyilmasi, ko’zgudagi aks, figurani burish.
- Ortiqcha ma’lumot: shartda kerak bo’lmagan raqam ham bor — uni ajratish kerak.
Qanday yechiladi?
- Shartni jadvalga tushiring. Ismlar — qatorlar, xususiyatlar — ustunlar; har shart bitta katakni to’ldiradi yoki chizadi.
- Ma’lumni belgilang, noma’lumni savol qiling. Nima berilgan, nima so’ralgan — ikkita alohida ro’yxat.
- Variantlarni tekshiring. Teskari yo’l: har javobni shartga qo’yib ko’ring, bitta qoladi.
- Javobni shartga qaytaring. Topilgan son hamma shartga mos keladimi — faqat shundan keyin belgilang.
Namunaviy masalalar
Ketma-ketlikni davom ettiring: 2, 5, 11, 23, ?
- A35
- B44
- C47
- D46
Javobni ko’rish
To’g’ri javob: C — 47
Har son oldingisini 2 ga ko’paytirib 1 qo’shishdan chiqadi: 2·2+1=5, 5·2+1=11, 11·2+1=23, 23·2+1=47. Ayirmalar (3, 6, 12) ham ikkilanadi — bu ham o’sha qonuniyat.
Aziza, Bobur va Dilnoza uch xil meva oldi: olma, nok va banan, har biri bittadan. Aziza banan olmadi. Bobur olma ham, banan ham olmadi. Dilnoza nima oldi?
- AOlma
- BNok
- CBanan
- DAniqlab bo’lmaydi
Javobni ko’rish
To’g’ri javob: C — Banan
Bobur olma ham, banan ham olmagan — demak Bobur nok oldi. Aziza banan olmagan, nok esa Boburda — demak Aziza olma. Qolgan banan — Dilnozaniki.
Bitta tarvuz ikkita qovun bilan, bitta qovun uchta olma bilan teng og’irlikda. Ikkita tarvuz nechta olma bilan teng?
- A6
- B8
- C12
- D24
Javobni ko’rish
To’g’ri javob: C — 12
Bitta tarvuz = 2 qovun = 2·3 = 6 olma. Ikkita tarvuz = 6·2 = 12 olma. Xato javob 6 — bitta tarvuz uchun; 24 — ikki marta ko’paytirib yuborilgan.
Qanday mashq qilish kerak?
Kuniga 2–3 masala, vaqt bilan va yechimni og’zaki tushuntirib. Bola «nega» deb javob bera olsa — masala o’zlashtirilgan; javobni topgan, lekin tushuntira olmagan bo’lsa — hali yo’q.
Prezi Prep’da tanqidiy fikrlash bo’limi bor: 2-bosqich formatidagi masalalar to’plamlari, vaqt bilan. Mantiq va qonuniyat masalalari matematika testlari ichida ham uchraydi.
Savol-javob
Tayyorlovni bugun boshlang
Mavzu testlari, haftalik sinov imtihonlari va inglizcha so’zlar — 4-sinf uchun, kirish imtihoni formatida. Bepul reja muddatsiz.
Yana o’qing
- Prezident maktabi14 ta maktab, kim kira oladi va qabul qanday o’tadi — bir sahifada.
- Qabul 2027Kim topshiradi, qanday hujjat, qachon ariza va imtihon — 2026 tartibi asosida.
- Matematika30 savollik 1-bosqich testida qaysi mavzular chiqadi va qanday mashq qilish kerak.
- Ingliz tili40 topshiriq: qaysi grammatika mavzulari, qanday matnlar va nechta so’z kerak.
- Namunaviy savollar8 ta savol 1-bosqich formatida — javob va tushuntirish bilan.
- Ixtisoslashtirilgan maktablarAl-Xorazmiy, Mirzo Ulug’bek va boshqalar: farqi, qabul va umumiy tayyorlov.

